"Yuventus" Ronalduning transferi uchun MYUdan qancha olishini e'lon qildi

Alisher
31 avg 2021
"Yuventus" hujumchi Krishtianu Ronalduning MYUga transferi qancha mablag' evaziga amalga oshganini e'lon qildi.

36 yoshli futbolchi MYUga 15 million evro evaziga o'tdi, bu mablag' 5 yil ichida to'lanishi kerak. Agar klub yoki Ronaldu sovrin yutsa, "Yuve" 8 million evro miqdorida bonus oladi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2003-2009 yillar davomida "Manchester Yunayted"da harakat qilgan.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 1ta o'yinda maydonga tushib, 31 daqiqa harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: juventus.com