"Roma" Pastore bilan shartnomani bekor qildi va unga 4,5 mln evro to'laydi - ikki mavsumdan biri uchun maosh

Alisher
31 avg 2021
"Roma" xavbek Xaver Pastore bilan shartnoma bekor qilinganini e'lon qildi.

Tomonlar shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, Pastorega shartnoma bo'yicha qolgan ikki mavsumdan birining maoshi to'lab beriladi - 4,5 mln evro.

Argentinalik Rim klubi tarkibida 2018/19 yilgi mavsumdan beri harakat qiladi. U bu vaqt davomida A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OfficialASRoma