Pastore "Roma"dan ketadi

Sherzod Nurmatov
25 fev 2021
"Roma" xavbeki Xaver Pastore yozgi transfer oynasida Rim klubini tark etadi, deya xabar berdi Calciomercato.

Manbaning xabariga ko'ra, "bo'rilar" rahbariyati yarim himoyachi bilan 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomani muddatidan oldin to'xtatishni rejalashtirmoqda.

31 yoshli argentinalikning agenti allaqachon o'z mijoziga Qatardan jamoa qidirmoqda, ammo futbolchining o'zi faoliyatini MLS'da davom ettirmoqchi.

Xaver Pastore ushbu mavsumda bosh murabbiy Paulu Fonseka ishonch bildirgan futbolchilar safidan butunlay chiqib ketdi. Futbolchi "Roma" tarkibida hali bironta ham o'yin o'tkazmadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato