Rasman: "Roma" Abraxamning transferini e'lon qildi

Alisher
17 avg 2021
"Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam "Roma" o'yinchisiga aylandi.

Oldinroq, 23 yoshli angliyalik futbolchi Rimga uchib kelgani va tibbiy ko'rikdan o'tgani xabar qilingan edi. Shartnoma besh yilga mo'ljallangan - 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

"Roma" futbolchi uchun 40 million evro to'ladi. Oldinroq xabar berilganidek, Abraxamning maoshi bir mavsum uchun 5 million evro (qo'shimcha 1 mln bonuslar ko'rinishida)ni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, Abraxam "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: asroma.com