Coca-Cola Superliga. 13-turning ikki o'yinida VAR tizimidan foydalaniladi

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2021
30 iyul, juma kuni Coca-Cola Superliganing 13-tur bahslari start oladi.

Bilasiz, joriy yildan e'tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.

Jumladan, Coca-Cola Superliga 13-turidan o'rin olgan 2 ta bellashuvda Video Assistant Referee tizimi ishlaydi. Unga ko'ra, “Lokomotiv” – “Nasaf” va “Paxtakor” – “Bunyodkor” o'yinlarida VAR tizimidan foydalaniladi.

Takidlash joiz, ikkinchi davradan e'tiboran VAR tizimi ishlaydigan o'yinlar sonini oshirish rejalashtirilmoqda.

30 iyul, juma
LOKOMOTIV – NASAF
VAR hakami:
Ahrol Risqullaev
VAR assistent: Timur Gaynulin
VAR nazoratchisi: Vladislav Seytlin

31 iyul, shanba
PAXTAKOR – BUNYODKOR
VAR hakami
: Firdavs Norsafarov
VAR assistent: Jahongir Saidov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz