Kristian Eriksen haqidagi barcha xabarlar bitta sahifada

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2021
Daniya hamda Finlyandiya o'rtasidagi o'yinda Kristian Eriksen hushidan kyetib, og'ir ahvolga tushib qoldi.

YANGILASH



UEFAdan hurmatga loyiq qaror yoxud Eriksen - Daniya va Finlyandiya o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi

“Bir futbolchi tarixi”. Siz-u bizga tanish Kristian Eriksen haqida

Daniya FF direktori: "Futbolchilar Eriksen bilan gaplashishdi va u uchun o'ynashmoqda".

19. Germaniya terma jamoasi a'zolari Kristian Eriksenga sog'liq tilashdi

UEFA prezidenti Eriksenga oid voqea haqida: "Bunday pallalarda futbol oilasining birlashuvi juda muhim"

"Bizning vujudimiz Kristian bilan" - "Inter", "Tottenxem" va "Ayaks" Eriksenni qo'llab-quvvatladi

18. Daniya terma jamoasi sardori Simon Kyaer:

• Eriksen tilini yutib yubormaganini tekshirdi;
• Futbolchiga tibbiy yordam berilayotganida Daniya terma jamoasi o'yinchilaridan iborat jonli devorni hosil qildi;
• Kasper Shmeyxel bilan birga Kristian Eriksenning turmush o'rtog'ini ovutdi. Haqiqiy sardor!


17. Daniya hamda Finlyandiya o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 23:30 dan davom ettiriladi. Buni UEFA ham tasdiqladi. Birinchi taymning so'nggi 4 daqiqasi o'ynalganidan keyin 5 daqiqalik tanaffus bo'ladi va ikkinchi taym boshlanadi. 


16. Eriksenning agenti: "Kristian hushiga keldi, o'zi mustaqil nafas olmoqda va gaplashmoqda".


15. Daniyalik muxlislar: "Kristian!

Finlyandiyaliklar: "Eriksen!"

Stadiondagi muxlislar daniyalik futbolchini shunday qo'llab turishdi...  Ularning har biriga alohida #Respect




14. Daniya futbol Assotsiatsiyasi: "Kristian hushiga keldi, shifokorlar shifoxonada u bilan ishlashda davom etishmoqda"


13. RASMAN: Finlyandiya - Daniya uchrashuvi ertaga, 13 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da davom ettiriladi

12. Shifoxonadan yetib kelgan xabarga ko'ra, Eriksenda yurak xuruji ro'y bergan. Qo'shimcha ma'lumotlarga ko'ra, Eriksen stress holatida bo'lgan.


11. UEFA: Eriksen shifoxonada, uning ahvoli normallashdi.


10. Daniya - Finlyandiya uchrashuvi qachon davom etishi haqida Toshkent vaqti bilan 22:45da e'lon qilinadi


9. Kristian Eriksenni shifoxonaga olib kyetishdi



8. Eriksen maydonni shunday holda tark etdi 


7. Kristian Eriksenga yordam ko'rsatilayotgan vaziyat




6. Mana o'sha vaziyat 





5. Daniya terma jamoasi shifokorlari maydonning o'zida Eriksenni jonlantirishga kirishishdi va uning yuragini massaj qilishdi;


4. Futbolchilar jiddiy voqea sodir bo'lganini aytib, shifokorlarni tezlik bilan maydonga chaqirishdi;


3. Daniya terma jamoasi futbolchilari Kristian bilan sodir bo'layotgan voqea hech kimga ko'rinmasligi uchun maxsus aylana tashkil qilishdi;



2. Maydonda maxsus jonlantiruvchi uskunalar bilan qurollangan mahalliy shifokorlar brigadasi paydo bo'ldi;




1. To'xtalish 20 daqiqa davom etdi, shundan so'ng Eriksenni kasalxonaga olib kyetishdi; 


Daniya - Finlyandiya uchrashuvi birinchi taymi oxirida Daniya terma jamoasi futbolchisi Kristian Eriksen maydonda yiqilib tushdi. U hech kim bilan to'qnashmadi. Unga tibbiyot xodimlari maydonning o'zida birinchi yordamni ko'rsatishdi. Daniyaning boshqa futbolchilari mazkur holatni to'sib turishdi. Futbolchi va muxlislar ko'zida yosh...


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia