39 yoshli Ibragimovich 5 yilda ilk bor Shvetsiya terma jamoasiga chaqirildi

Alisher
16 mar 2021
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich rasman Shvetsiya terma jamoasining JCH-2022 doirasidagi yaqin saralash o'yinlari uchun qaydnomasiga kiritildi.

Nihoyat shved futbol ittifoqi jamoa tarkibini e'lon qildi. Jamoa shu tarkib bilan Gruziya va Kosovo, shuningdek Estoniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasida 116ta o'yinda maydonga tushib, 62ta gol urishga erishgan. 

Zlatan so'nggi bor terma libosini 2016 yilning iyunida kiygan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/svenskfotboll