29 iyun kuni Jahon futbol yulduzlari O'zbekistonga keladi

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2024, 12:33
Yoshlar oyligi doirasida 29 iyun kuni dunyoga mashhur futbol yulduzlari O'zbekistonga tashrif buyurishadi.

Xususan:

Dida (Jesus Silva) – darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq a'zosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g'olibi.

Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi g'olibi.

Kristian Zakkardo
– Italiya terma jamoasining sobiq a'zosi, o'ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.

Serjino (Serjio Klaudio dos Santos) – Braziliya terma jamoasining sobiq a'zosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g'olibi.

29 iyun kuni soat 15:00da Yoshlar ijod saroyida bo'ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, O'zbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbat bo'ladi.

Uchrashuvda ishtirok etish bepul. Ro'yxatdan o'tish lozim: @yoshlaruchrashuvibot



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: yoshlar.gov.uz