

28 dekabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" klubiga qarashli sun'iy maydonda "Olmaliq" hamda "Lokomotiv" klublari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. Hozirga qadar Viktor Kumikov boshchiligidagi "Olmaliq" klubi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Dastlab "Bunyodkor"ga 0:2 hisobida yutqazdi, keyin "Mashal" 2:1 hisobida mag'lub etildi .
2016 yil oltin dubl qayd etgan "Lokomotiv" esa hozircha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgani yo'q.




