Eldor Shomurodov A Seriya uchun ro'yxatdan o'tkazildi
Narzulla Saydullayev
13 okt 2020
O'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov "Jenoa" safida maydonga tushish huquqiga ega bo'ldi.
Italiya A Seriyasi rasmiy saytida Eldor Shomurodov "Jenoa" uchun ro'yxatdan o'tkazildi. Ma'lumot uchun, "Jenoa" navbatdagi o'yinni 19 oktyabr kuni "Verona"ga qarshi safarda o'tkazadi.