Andrey Shipilov: "Bugungi g'alabamizni marhum direktorimizga bag'ishlaymiz"

Sherzod Nurmatov
12 sen 2020, 21:47
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Metallurg" - AGMK (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

Bugun ajoyib stadionda mana shunday to'qnashuv bo'lishini kutgandik. Har ikki jamoa keskin kurashlarga boy o'yin ko'rsatdi. 

AGMK chempionat yetakchilaridan biri va bunga haqli o'rinda bormoqda. Biz o'z vaziyatlarimizdan birini golga aylantira oldik. Darhaqiqat, AGMKda ham etarlicha yaxshi vaziyatlar bo'ldi.

Bugungi g'alabamizni marhum direktorimizga bag'ishlaymiz.

Ayni paytda shifoxonada bo'lib turgan jamoamiz mamuri Ravshanga sog'liq tilaymiz.

Fursatdan foydalanib, klubimizning fidoyi shifokorlariga ham rahmat deymiz.

Shahzod Ubaydullaev va Doniyor Narzullaev nega birinchi bo'limda maydonga tushmadi va zaxirada qoldirildi?

Shahzod va Doniyor 16 tur to'liq o'ynashdi. Doniyor Olmaliqda o'ynamagandi, Shahzod esa deyarli hamma o'yinda to'liq qatnashdi. Uni avaylashimiz kerak, chunki uning kichik jarohati bor edi.

"Metallurg"ning o'yinidan kelib chiqib aytsak, jamoa kuchli 3 likka kira oladimi?

Hali oldina 9-10 tur bor. Keling, 20-dekabrgacha yetib boraylik. Biz bu uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz va bu yo'lda astoydil mehnat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia