

"Ma'lumotlarimga ko'ra, Usmon Toshev O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga nomzod sifatida tilga olinmoqda.
Aftidan Vadim Abramov iste'foga chiqariladi shekilli. Tasdiqlanmagan, lekin shunday ma'lumotlar yangradi.
Menimcha, bu ma'lumotni hozircha rasman tasdiqlashni imkoni yo'q. Birinchidan, karantin va hokazo.
Yozning jaziramasida yoki kuzga yaqin mazkur xabar tasdiqlanishi yoki inkor etilishi mumkin.
Ma'lumot uchun: Usmon Toshev ayni paytda Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi sanaladi.
Bilishimcha, O'zbekiston terma jamoasidan tashqari Usmon Toshevga yana boshqa takliflar ham mavjud.
Kuzatamiz", – deyiladi xabarda.




