Runi: “Bolton” Pikeni mazax qildi va uning MYUdagi faoliyati tugadi”

Eldor Akmurzayev
17 may 2020
“Derbi Kaunti” sardori Ueyn Runi sobiq jamoadoshi Jerar Pikening “Manchester Yunayted”da nega uzoq qolmaganini esga oldi.

“Bolton” bilan bahsdan keyin Jerar Pikening MYUdagi faoliyatini qaysidir manoda o'z nihoyasiga etdi. Jerard juda yosh edi va “Bolton” uni mazax qildi. O'ylashimcha, o'shanda Fergyuson Jerar jismoniy jihatdan Premer-ligaga mos emas degan qarorga kelgan.

Yodimda, Vidich “Bolton” bilan uchrashuvlar oldidan Dide Drogbaga qarshi tayyorlangandek ikki yo uch kun sport zalida mashg'ulot o'tkazardi”, deydi Runi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sunday Times