“Nasaf“ - “Navbahor“ uchrashuvida Kamoliddin Kenjaevga xonadon kaliti sovg'a qilinadi

Nadirkhuja Yuldashev
12 mar 2020, 20:07
2016 yil Aleksandr Geynrixning tashabbusi bilan #Kamoliddin24 akciyasi o'tkazilgan edi. O'shanda yig'ilgan summa, futbolchining salomatligi va bugun istiqomat qilib turgan xonadonining qurilish ishlariga ishlatilgan.

O'shanda deyarli barcha futbolchilar loyihada ishtirok etganlar. Kamoliddin Kenjaev “Nasaf“da o'ynab yurgan paytlari, o'ziga vada qilingan xonadon kalitini ololmaganligi haqida aytib o'tgandi. Yaqinda hamkasblarimiz bilan intervyuda shu mavzu yana ochildi. Bu safar O'FA vakillari jim qarab turmadilar, qolaversa viloyatning yangi hokimi Zoir Mirzaev ham bu haqda xabar topdi.

Kuni kecha Kamoliddin Kenjaevga ancha yillar vada qilingan xonadon bo'yicha yaxshi xabar eshitdik. Aytishlaricha, “Nasaf“ - “Navbahor“ uchrashuvi oldidan himoyachiga Qarshi shahridan xonadon sovg'a qilinadi. Bu haqda O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasida faoliyat olib borayotgan Zikriyaev Rahmiddin saytimizga ma'lum qildi.

“Ahvolni yaqindan borib ko'rdik. Xursand bo'lganimiz, uzoq yildan keyin farzandli bo'libdi. Viloyat hokimi Zoir Toirovich va “Sho'rtankimyo“ AJ raisi Shuhrat Chorievich, assotsiatsiyamiz rahbarlari, Abdusalom Abdumavlonovich va Ravshan Sayfuddinovichlarning say harakatlari bilan, bugun ukamiz xonadonlik bo'lyapti. Shu bilan birga “Nasaf“ jamoasi ham futbolchi uchun tayinlangan maoshni oshirishga vada qildi“, - deydi o'z vaqtida “Mashal“ jamoasida faoliyat olib borgan mutaxassis.



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia