26-raqamli afsona (Jon Terri haqida)

Aziz Tukhtamuradov
1 fev 2016, 20:50
"MK Dons" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng "Chelsi"ning uzoq yillik sardori Jon Terri mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketishini e'lon qildi.

Demak, agar vaziyat o'zgarmaydigan bo'lsa ushbu mavsum 35 yoshli futbolchi uchun "Chelsi"dagi so'nggisi bo'lib qoladi. Futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmagan rahbariyat esa hozircha jamoa muxlislarining haqoratomuz xabarlariga chidab turishiga to'g'ri keladi.

Biz esa futbolchining "Chelsi"dagi faoliyatiga nazar tashlab o'tamiz. Barchasi qanday boshlangandi?



1998 yil. 17 yoshli Jon "Chelsi" o'rinbosarlari safida



2000 yilda esa asosiy tarkibdan o'rin egallay boshlaydi




2004 yilda esa "Chelsi"ga Mourinyo keladi va Terrini jamoa sardori etib tayinlaydi




2005 yil. Terri faoliyatidagi ilk chempionlikni nishonlamoqda




2005 yil. Mana shu suratdagi shovvozlarning uchchalasi ham Angliyaning yil o'yinchisi bo'lish uchun nomzod bo'ladilar. Yakunda esa Terri yutib chiqadi




2006 yil. Chexning boshidan olgan og'ir jarohatidan so'ng maydonga Karlo Kudichini tushiriladi. Keyin esa Kudichini ham maydondan chiqib ketadi. Shunda darvozani Jon Terri qo'riqlaydi




2008 yil. Moskvadagi Yevropa Chempionlar Ligasi. MYUga qarshi final o'yini, penaltilar seriyasi va Terrining xatosi...




2010 yil. Terri "Chelsi" safidagi uchinchi chempionlikni nishonlamoqda. Bu Anchelotti qo'l ostidagi g'alaba edi




2011 yil. Anton Ferdinandni irqiy kamsitgan Terri o'zining Angliyadagi obro'sini tushirib yuboradi




2012 yil. Terri Chempionlar Ligasi finalida o'ynamadi. Biroq, ushbu g'alabadan hammadan ham aynan bizning qahramonimiz ko'proq quvondi




2013 yil. "Chelsi"ga Rafael Benites keldi va Terri zaxira o'rindig'ida qolib keta boshladi




2015 yilda jamoaga yana Joze Mourinyo qaytadi. Terri esa Angliya chempioni bo'lish bilan birgalikda, eng yaxshi himoyachi unvonini ham qo'lga kiritadi



Ayni paytda bosh murabbiy Gus Xiddink. Kelasi mavsumda esa ularning ikkisi ham bo'lmaydi...


Xorijiy saytlar asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia