"Milan" yetakchi futbolchilaridan birini transferga qo'ydi

Alisher
8 yanv 2020, 15:20
"Milan" vingeri Suso yanvarda klubdan kyetishi mumkin.

"Rossonerilar" 26 yoshli ispaniyalik futbolchining harakatlaridan qoniqmayapti va uni transferga qo'ydi.

Susoning "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan.

Italiya klubi uni 5 yil oldin "Liverpul"dan 1,3 million evro evaziga xarid qilgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com