Rasman: "Arsenal" futbolchisi faoliyatini "Real Sosedad"da davom ettiradi

Alisher
31 avg 2019
"Arsenal" himoyachisi Nacho Monreal La Ligaga qaytdi.

33 yoshli ispaniyalik futbolchi "Real Sosedad" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Shunday qilib, Monreal "Arsenal"dagi 6 yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etdi.

Futbolchi faoliyati davomida "Arsenal"dan tashqari "Osasuna" va "Malaga" klublarida o'ynagan.

Monreal 2009 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RealSociedad