Dembele yana klub tartibini buzdi

Alisher
21 avg 2019
"Barselona"ning fransiyalik vingeri Usmon Dembele yana klub tartibini buzdi.

O'yinchi La Liganing dastlabki turi doirasida "Atletik" (0:1)ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi.

Ammo, Dembele klub shifokorlariga murojaat qilish o'rniga, oilasi bilan dam olish maqsadida Senegalga yo'l oldi.

Yakunda, futbolchiga vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilmaganligi sabab, 5 haftaga safdan chiqdi.

Rahbariyat va Usmonning jamoadoshlari ham uning bu harakatlaridan norozi.


AlisherMuallif
Manba: Marca