Leroy Sanening jarohati jiddiy bo'lib chiqdi

Alisher
9 avg 2019
"Manchester Siti"ning germaniyalik yarim himoyachisi Leroy Sane yaqin kunlarda operaciya qilinadi.

Sane Angliya Superkubogi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgan edi. Shunday qilib, "shaharliklar" o'yinchisi bir necha oy maydonga tusha olmaydi.

"Bavariya" esa futbolchini sotib olishi katta ehtimol bilan amalga oshmaydigan bo'ldi.

Oldinroq, Germaniya chempioni o'yinchi uchun 110 million evro to'lashga roziligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

23 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum "Manchester Siti" safida 47ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 14ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Get German Football News