Rasman: Garri Maguayr - "Manchester Yunayted" futbolchisi

Tolibjon Qosimov
5 avg 2019, 16:45
Nihoyat, "Manchester Yunayted" klubi "Lester" himoyachisini transfer qilganini e'lon qildi.

26 yoshli ingliz "Qizil iblislar" bilan 6 yillik bitimga imzo chekdi. Shartnomaga ko'ra, kelishuvni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish mumkin.

Britaniya nashrlarining ma'lum qilishicha, MYU "Lester"ga 80 million funt sterling to'lab beradi. Shu tariqa, Maguayr futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi.


Eslatib o'tamiz, Garri Maguayr "tulkilar" safiga 2017 yil "Xall Siti"dan o'tgan va 76ta o'yin o'tkazib, 5ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com