Joau Feliks: "Atletiko" - dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri"

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2019
Yarim himoyachi Joau Feliks nega "Atletiko"ni tanlagani haqida aytib berdi.

"Juda baxtliman. Har bir futbolchi dunyoning eng yaxshi jamoalarida o'ynashni istaydi, "Atletiko" esa shundaylardan biri.

Bir nechta klub menga qiziqish bildirdi, ammo "Atletiko"ni tanladim, chunki menga bu jamoa yoqadi, klubda barcha sharoit mavjud.

"Atletiko" - dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri" - deydi Feliks.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: atleticomadrid.com