Konte "Inter"da "Chelsi"da birga ishlagan futbolchisini ko'rmoqchi

Alisher
7 iyun 2019
"Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta "Inter" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

29 yoshli ispaniyalik futbolchiga shaxsan milanliklar bosh murabbiyi Antonio Konte qiziqmoqda. Futbolchining londonliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 56ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assistga erishgan.

U Konte bilan 2016 yildan 2018 yilgacha "Chelsi"da birga ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: Marca