23-sonli Mehribonlik uyi: Biz sen bilanmiz, Edgar!

Narzulla Saydullayev
8 may 2018, 12:08
Shu yilning 10-18 may kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylari o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu turnirda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Mundialda 14-17 yoshdagi futbolchilar ishtirok etishadi. Jahon chempionatida 21 mamlakat terma jamoasi qatnashadi: Angliya, Belarus, Braziliya (ikkita jamoa), Burundi, Boliviya, Misr (ikkita jamoa), Hindiston, Indoneziya, Kanada, Keniya, Liberiya, Mavrikiy, Meksika, Nepal, O'zbekiston, Pokiston, Rossiya (ikkita jamoa), AQSH, Tojikiston, Tanzaniya va Filippin.

Terma jamoa 23-sonli mehribonlik uyi bazasida turnirga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. Biroq kuni kecha jamoa sardori Shamshilov Edgar jiddiy jarohat olib Jahon chempionatiga bora olmaydigan bo'ldi. Endi qolgan futbolchilar Edgar uchun ham ikki xissa kuch bilan o'ynashadi. 

Biz sen bilanmiz, Edgar! Sen kuchlisan!



Terma jamoa a'zolari:
Darvozabon:
Islamov Sergey  

O'yinchilar
Shaplov Danil  
Ochilov Joxongir
Ergashboev Toir

Yarim himoyachi
Kotov Ruslan  
Karaxanyan Ruslan
Esenbaev Aziz  

Hujumchi
Son Salim  

Bosh murabbiy: Asadov Jamshid


23-sonli Mehribonlik uyi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia