Kutilmaganda Pato Xitoy klubi bilan shartnomani bekor qildi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2019
Braziliyalik hujumchisi Aleshandre Pato Xitoyning "Tyanczin Cyuanczyan" klubi bilan shartnomani bekor qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi jamoada o'zini baxtli his qilmadi va bitimni bekor qilish haqida klub bilan kelishib oldi. Futbolchi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Braziliyalik bir necha yil oldin Italiya chempionatida "Milan" sharafini himoya qilgan.

Pato o'tgan mavsum Xitoy Superligasining 23ta uchrashuvida ishtirok etib, o'z hisobiga 15ta gol va 3 ta golli pas yozdirib qo'ygan edi. "Tyanczin Cyuanczyan" chempionatni 9-o'rinda yakunladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia