Bugun "Al Nassr" - AGMK uchrashuvi jonli namoyish etiladi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2019
Bugun, 19 fevral kuni yurtimizning ikki klubi xalqaro o'yinda maydonga tushadi.

"Paxtakor" BAAda "Al Nasr" mehmoni bo'lsa, AGMK Saudiya Arabistonida "Al Nassr" mehmoni bo'ladi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.  

"Sport" telekanali "Al Nassr" - AGMK bahsini jonli ravishda efirga uzatadi. "Paxtakor" ishtirokidagi o'yin esa Saudiya Arabistonidagi o'yin tugaganidan so'ng yozib olingan holda namoyish etiladi. Bu haqda telekanal vakili saytimizga ma'lum qildi.



20:00

"Al Nassr" - AGMK (SPORT TV LIVE)

20:00

"Al Nasr" - "Paxtakor" (SPORT TV 22:40dan boshlab yozib olingan holda)





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia