PFL: Talablarni bajarmagan klublar legioner bilan shartnoma imzolash huquqidan mahrum qilinadi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2018, 16:27
PFL komissiyasi ayni vaqtda futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash tizimi aks etgan reglament ishini deyarli yakunladi.

Unga ko'ra, 2019 yilgi mavsumda legioner futbolchilar xizmatidan foydalanadigan futbol klublari mana shu futbolchilar bilan hisob-kitobni O'zbekiston so'mida emas, o'zaro kelishilgan xorijiy valyutada amalga oshiradi.

Shuningdek, legioner futbolchilar uchun qo'yilgan talablar ham ancha yuqori bo'lib, bunga qadar legionerlar bilan ishlash masalasida qator kamchiliklarga yo'l qo'ygan futbol klublariga nisbatan sankciyalar qo'llaniladi va ular legioner futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. Qo'shimchasiga, stadioni, bazasi, futbol akademiyasi talab darajasida bo'lmagan jamoalar ham legionerlar bilan shartnoma imzolash huquqidan mahrum qilinadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz