O'zbekistonlik futbolchi Tojikiston chempioni bo'ldi

Narzulla Saydullayev
7 noya 2018
Dushanbening "Istiqlol" klubi o'z tarixida ettinchi marta Tojikiston chempioni bo'ldi.

Chempionat tugashiga bir tur qolganida Dushanbe klubi hisobida 48 ochko bor. Bu ikkinchi o'rindagi "Xo'jand"dan besh ochko ko'p deganidir. "Xo'jand" kumush medallariga ega chiqdi. Bronza medallar esa oliy liga debyutanti "Ko'ktosh"ga nasib etdi.

Ma'lumot uchun, "Istiqlol" safida o'zbekistonlik Jahongir Abdumo'minov faoliyat olib bormoqda.



Chempionatning so'nggi, 21-turi o'yinlari 11 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Tojikiston chempionati. Oliy liga. 20-tur natijalari

"Istiqlol" - SSKA "Pomir" - 0:1
"Pandjsher" - "Barkchi" - 2:1
"Xatlon" - "Xo'jand" - 4:2
"Ko'ktosh" - "Regar-TadAZ" - 1:2





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia