Superliga. "Metallurg" so'nggi daqiqalarda gol urib, "Bunyodkor"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2018, 17:55
Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yin boshlandi. 10-daqiqada Shahzodbek Nurmatov darvozabonni ham ortda qoldirib o'tib ketdi, biroq o'tkir burchak ostida qolganligi bois to'pni jamoadoshiga aniq etkazib berolmadi. 12-daqiqada "Metallurg"ning chap qanotdan hujumi, Islom Isoqjonovning zarbasi juda xavfli bo'ldi... 44-daqiqada Islombek Isoqjonovning darvoza chizig'i bo'ylab uzatgan to'piga hech kim yetib kelolmadi... 

60-daqiqada Stanislav Andreevning jarimadan yo'llagan zarbasini Murodjon Zuhurov qaytardi. 68-daqiqada Xurshid G'iyosovning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi... 73-daqiqada Suhrob Nurulloevning zarbasi, Murodjon Zuhurov to'pni egallab oldi.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda maydon egalari g'alaba to'pini kiritishdi - 1:0. 


"Metallurg" - "Bunyodkor" 1:0

Hakamlar: Vladislav Seytlin, Husniddin Shodmonov, Ruslan Serazetdinov, To'rabek Suyunov.

Nazoratchi: Marat Ismoilov.

Komissar: Alisher Fayziev.

Gol: Shahzod Shaymanov 90+4, - 1:0.

"Metallurg": 35.Javohir Ilyosov, 5.Abbosjon Otaxonov, 7.Suhrob Nurulloev, 8.Shahzod Shaymanov, 9.Zabixillo O'rinboev (90.Zafar To'raev, 84), 10.Islombek Isoqjonov, 28.Stanislav Andreev, 37.Sherzod Fayziev, 55.Akbar Ismatullaev, 77.Muhammad Isaev, 88.Abror Husinov.

Zaxira: 1.Zafar Safoev, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 14.Abror Toshqo'ziev, 15.Zohid Abdullaev, 16.Jasur Hasanov, 42.Xudoyshukur Sattorov, 87.Bahodir Pardaev, 92.Otabek Zokirov.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuxurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akram Komilov, 5.Dilshod Jo'raev, 7.Dilshod Ahamdaliev, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Shahzod Nurmatov, 10.Abdulla Abdullaev, 11.Murodjon Toshmatov (13.Sanjar Qodirqulov, 90+2), 30.Xurshid G'iyosov, 99.Filip Raevac (14.Mirjahon Mirahmadov, 84).

Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 3.Islom Qobilov, 6.Anvar G'ofurov, 15.Farruh Ikramov, 16.Jasur Jaloliddinov, 20.Mirg'iyos Suleymanov, 21.Rasul Yuldashev.

Ogohlantirishlar: Muhammad Isaev 26, Islombek Isoqjonov 65, Zohid Abdullaev 89,



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia