

Shundan bittasi Elit OCHL uchun, ikkinchisi esa OCHL 2 musobaqasi uchun.

Shunday qilib, Superliga g'olibi to'g'ridan-to'g'ri Elit Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritsa, O'zbekiston Kubogi sohibi OCHL 2 musobaqasi guruh bosqichiga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili yo'llanmalarga "Nasaf" va "Andijon" egalik qilgandi.
Qarshiliklar 15 sentyabrdan Elit OCHLdagi ishtirokini boshlasa, "Andijon" OCHL 2 turniri guruh bosqichidagi yurishini 16 yoki 17 sentyabr kuni boshlaydi. Elit OCHL liga bosqichi va OCHL 2 guruh bosqichi qur'asi 15 avgust kuniga belgilangan.



