

FIFA kengashi yangilangan formatni tasdiqladi. FIFA sayti ma'lum mezonlarni hisobga olgan holda JCH-2025ga yo'llanmani qo'lga kiritgan jamoalar ro'yxatini keltirdi.
Afrika (jami 4 jamoa, 2tasi ma'lum): "Al Ahli" (Misr), "Vidad" (Marokash).
Osiyo (4 jamoa): "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Urava Red" (Yaponiya).
Yevropa (12 jamoa): "Chelsi" (Angliya), "Real" (Ispaniya), "Manchester Siti" (Angliya), "Bavariya" (Germaniya), PSJ (Fransiya), "Inter" (Italiya), "Portu" (Portugaliya), "Benfika" (Portugaliya).
KONKAKAF (4 jamoa): "Monterrey" (Meksika), "Sietl Saunders" (AQSH), "Leon" (Meksika)
Janubiy Amerika (6 jamoa): "Palmeyras" (Braziliya), "Flamengo" (Braziliya), "Fluminense" (Braziliya).
Okeaniya (1 jamoa): "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya).
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yana bir chiptani tashkilotchi mamlakat (AQSH) jamoasi oladi.



