

Turnirda dunyoning 32 ta klubi – Yevropadan o'n ikkita, Janubiy Amerikadan oltita, Osiyodan beshta, Afrikadan ikkita, Shimoliy va Markaziy Amerikadan oltita va Avstraliyadan bir klub ishtirok etadi.
Turnirning sovrin jamg'armasi 2 milliard evroni tashkil qiladi, shu jumladan, g'olib jamoa 100 millionga ega chiqadi.
Turnirda ishtirok etadigan Yevropaning oltita klubi allaqachon malum bo'ldi, bular - "Chelsi", "Real Madrid", "Manchester Siti", "Inter", "Bavariya" va PSJ.



