2024 yil bo'yicha Liga 1 ramziy jamoasi tuzildi

Khoja
30 dek 2025, 08:48
LʼEquipe 2024 yil bo'yicha Fransiya chempionati ramziy jamoasini tuzdi.

Tarkibdan mamlakat chempioni PSJning 6 futbolchisi va yozda Parij klubidan Realga o'tgan Kilian Mbappe ham o'rin olgan. 

Darvozabonlar: Lyuka Shevale (Lill).

Himoyachilar: Ashraf Hakimi, Markinos, Nunu Mendesh (hammasi – PSJ), Vilfrid Singo (Monako).

Yarim himoyachilar: Usman Dembele, Vitinya, Bredli Barkolya (hammasi - PSJ), Per Le-Melu (Brest).

Hujumchilar: Jonatan Devid (Lill), Kilian Mbappe (PSJ/Real).

Eslatib o'tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov Liga 1 chempionatining birinchi davra ramziy termasidan joy olgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: LʼEquipe