2023 yilga kelib, Fransiya chempionatida ishtirokchilar soni o'zgaradi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2021, 22:53
"L’Equipe" nashri ma'lumotiga ko'ra, Fransiya futbol ligasi mamlakatning yuqori divizionida ishtirok etuvchi jamoalar sonini kamaytirish borasida qarorga keldi.

2023/24 yilgi mavsumdan boshlab, liga ishtirokchilari 20tadan 18taga kamayadi. 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, bir yo'la to'rt klub quyi ligaga tushib ketadigan bo'lsa, ikki klub yuqoriga ko'tariladi.

Shu orqali liga rahbariyati ligadagi raqobatga chiday olmayotgan klublarni kamaytirishni niyat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe