"Paxtakor" yozdagi ilk xaridni amalga oshirdi: Tarkibga legioner qo'shildi

Aziz Tukhtamuradov
19 iyun 2018
"Nasaf" bilan xayrlashgan serbiyalik hujumchi Dragan Cheran "Paxtakor" bilan kelishuvga erishdi.

O'tgan mavsumlarda "Nasaf"dagi yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikning e'tiboriga tushgan Dragan Cheran faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradigan bo'ldi. Tomonlar uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng nihoyat kelishuvga erishishgan. Bu haqda saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov ma'lum qildi.

Dragan Cheran ham endi sobiq jamoadoshlari hamda do'stlari Suyunov, A'zamov, Shorahmedov, Sayfiev, Rahmatullaev va Abduraximovdan keyin "sherlar" libosini kiyadigan bo'ldi. Cheran aynan shu futbolchilar bilan "Nasaf"da birga o'ynagan. Abduraximov va Cheran tandemi endi "Paxtakor"da ishlashi kutilmoqda.

Dragan Cheran "Paxtakor" safiga "sherlar"ning Turkiyadagi yig'ini chog'ida borib qo'shilishi kutilmoqda.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia