2020 yil O'zbekistonda Osiyo chempionati bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
17 sen 2019, 16:11
O'zbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik – mamlakatimiz kelasi yili bo'lib o'tadigan 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi qita chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi.

Bugun Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qo'mitasining ilk yig'ilish o'tkazildi va unda U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O'zbekiston nomzodi maqullandi. Shu tariqa, mamlakatimiz o'z tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qita chempionatiga mezbonlik qiladigan bo'ldi.

Qayd etish joiz, U-19 Osiyo chempionati-2020 bahslari taqvimga ko'ra, kelasi yilning 14-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz