2018 yildan nazoratchilar ishiga o'zgartirishlar kiritiladi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2017, 10:29
Kecha "Chig'atoy" sport bazasida Oliy liga va Birinchi ligada ishtirok etuvchi hakamlar nazoratchilari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni O'zbekiston futbol federatsiyasi Hakamlar va nazoratchilarni tayinlash boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov olib bordi.

Yig'ilish davomida 2017 yil mavsum yakunlari, o'tkazilgan o'yinlar davomida hakamlar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar, ushbu xatolarning yuzaga kelishi sabablari tanqidiy ko'rib chiqildi.



Shuningdek, hakamlar harakatlarini kuzatib boradigan nazoratchilar ahamiyati, hakamlar saviyasini oshirish borasida nazoratchilar tomonidan berilgan vazifalardagi xato va kamchiliklar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, yangi mavsumdan boshlab hakamlar nazoratchilari ishiga o'zgartirishlar kiritilishi, uchrashuvlarni yuqori saviyada boshqarilishida ularning mas'uliyati oshirilishi, hakamlar bilan birgalikda nazoratchilar ham o'z ishlariga e'tiborli bo'lishlari zarurligi hakida aytib o'tildi

Yig'ilish so'ngida 2018 yilgi chempionatda hakam nazoratchilari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hakida ma'lumotlar berib o'tildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com