2014 yilgi JCH g'olibi Grosskroyc faoliyatini yakunladi

Alisher
25 yanv 2021
2014 yilda Germaniya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo'lgan Kevin Grosskroyc faoliyatiga yakun yasadi.

Yarim himoyachi 32 yoshida futboldan kyetishga qaror qildi. Grosskroycning so'nggi klubi uchinchi nemis divizionida ishtirok etadigan "Yurdingen 05" bo'lgan edi va jamoani 2020 yilning oktyabrida tark etgan edi.

Germaniya terma jamoasi libosida 6ta o'yinda maydonga tushgan Kevinning oldingi klubi "Darmshtadt" bo'lgan edi, bunga qadar esa "Shtutgart" klubi sharafini himoya qilgan.

Qayd etish kerakki, Grosskroyc "Borussiya" (Dortmund) safida 236ta o'yinda maydonga tushgan va shu jamoa safidagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshiroq tanish.


AlisherMuallif
Manba: Kicker