2-liga. "O'rikzor" "Navro'z kubogi" yarim finaliga chiqdi

Tolibjon Qosimov
6 apr 2017, 11:12
Kecha O'zbekiston birinchiligi Ikkinchi ligasi Toshkent shahar mintaqasida ishtirok etuvchi jamoalar o'rtasida “Navro'z Kubogi-2017” musobaqasining 1/4 final uchrashuvlariga start berildi.

"O'rikzor" chorak finalda "Spartak" mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, Baxtiyor Ergashev shogirdlari yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

"O'rikzor" oldingi bosqichda "Paxtakor-2"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi. Chorak final o'yinlariga bugun "Oq-tepa" - "Megasport" qarama-qarshiligi yakun yasab beradi.

Navro'z kubogi
Chorak final, 05.04.2017


"Spartak" - "O'rikzor" 0:2
Gollar:
S.Hamidullaev 53, J.Muhammadjalilov 88
Amalga oshirilmagan penalti: S.Hamidullaev 53

"Spartak": Xojiakbar Shomaqsudov, Bobur Abduraupov, Umar Mahmudov, Xurshid To'xtapo'latov, Mirazam Mirazizov, Shoxruh Rahmatjonov, Davron Anvarov, Abdulla Usmonov, Yoqub Shoydullaev, Abdulla Ibrohimov, Olim Fozilov.
Zaxira: Muhammadqodir Omonaliev, Rustam Tojiboev, Abdulla G'aybullaev, Asliddin Omonov, Javohir Hamidjonov, Hasan Abdualiev, Aziz.

"O'rikzor": Aziz Xushbokov, Islombek Qaxxorjonov, Jamshid Islomxo'jaev, Abdurashid Valixonov, Sherzod Qodirov, Ravshan Hasanov, Sardor Hamidullaev, Bekzod Mirsaidov, Aziz Tohirov, Abdurahmon To'raev, Xayrulla Jo'raev.
Zaxira: Saidjalol Xo'jaev, Omon Rahimov, Dilshod Samiqov, Jahongir Muhammadjalilov, Muhammadjon Yusupov, Dilshod Boltaev, Aziz Ibragimjonov.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia