

Birinchi turdagi g'alabadan keyin mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgan Bunyodkor kecha g'alabaga juda yaqin kelgan edi. Young Boysga qarshi o'yinda darvozalarga 4ta gol kiritildi. Jamoalar bo'limlarda bittadan gol urishdi. Avvaliga mehmonlar penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, tanaffus arafasida vakillarimiz hisobni tenglashtirishdi. Tanaffusdan so'ng Qahramon Abduqodirov shogirdlari mehmonlar darvozasini ikkinchi marta ham ishg'ol qildi. Biroq mag'lubiyatni g'alabaga aylantirgan futbolchilarimizga hisobni ushlab qolish nasib qilmadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda mehmonlar ikkinchi golni kiritib, Bunyodkorni ikki ochkodan mahrum qildi.
TOSHKENT SHAHAR CHEMPIONATI. 5-TUR
BUNYODKOR - YOUNG BOYS - 2:2 (1:1)
29 aprel. Toshkent. Bunyodkor akademiyasi maydoni. 35 tomoshabin.
Bosh hakam: Farrux Yo'ldoshev.
Qanot hakamlari: Aleksandra Konchikova, Kristina Borisova.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
Bunyodkor: Mahmudxon Odilxonov, Shamsiddin Amirtemurov, Ilhom Ubaydullaev, Asadxo'ja Qoraxo'jaev (A.Ahmedov, 66), Obid Tolipov, Sherdor To'xtasinov, Javohir Abduqodirov (Elxan Ahmedov, 58), Sardor Turg'unboev, Javlon Anvarjonov, Anvar Mamatov (I.Zoirov, 78), M.Bahodirov.
Young Boys: Aleksandr Borovikov (Ixtiyor Baxtiyorov, 62), Alizat Urazov, Jahongir Ikromov (Nizom Sultonov, 66), G'anisher Burxonov, Oybek Mahmudov, Islom Foziljonov (Fazliddin Razzoqov, 79), Nodir Sadullaev, Behzod Ahatov, Shahboz Yoqubjonov, Baxtiyor Yangiboev, Jamshid Abdullaev.
Gollar: Shahboz Yoqubjonov, 17-penaltidan – 0:1. M.Bahodirov, 30 – 1:1. Anvar Mamatov, 55 – 2:1. Nodir Sadullaev, 90+3 – 2:2.





