Chempionlar ligasi. 1/4 finalga qur'a tashlandi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2018, 15:59
Bugun Shveytsariyaning Non shahrida UEFA shtab-kvartirasida Chempionlar ligasi chorak finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 16:00da start oldi.

Qur'a jarayoni boshlandi

Barselona - Roma

Sevilya - Bavariya

Yuventus - Real

Liverpul - Manchester Siti



16:10. Chempionlar ligasi 2017/18 mavsum final o'yini 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida o'tkaziladi.

16:08. Yarim finalga chiqqan jamoalar yana qur'ada ishtirok etishadi, hozir bo'lib o'tayotgan marosim keyingi bosqich juftliklarini aniqlay olmaydi.

16:07. Chempionlar ligasi 2017/18 mavsum final o'tadigan shahar elchisi Andrey Shevchenko qur'a marosimida juftliklarni aniqlab beradi.

16:05. Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvlari 3-4 va 10-11 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

16:04. UEFA bosh kotibi Jorjo Marketti qur'a qanday o'tishi haqida tushuntirish bermoqda.

16:03. Bizga 1/4 finalgacha yetib kelgan jamoalarning yo'llari namoyish etilmoqda.

16:02. Ushbu bosqichda har qanday juftlik bo'lishi mumkin. Bir mamlakat klublari o'zaro o'ynashiga taqiq yo'q.


15:57. Chorak final bosqichiga chiqqan jamoalar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia