Rasman: "Manchester Siti" Emerik Laportni xarid qildi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018, 18:42
"Atletik" himoyachisi Emerik Laport faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi.

Bu haqda "shaharliklar" rasmiy sayti e'lon qildi.

Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnoma 2023 yilgacha tuzildi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" Laport uchun 57 mln. funt to'laydi. Demak, himoyachi "shaharliklar" tarixidagi eng katta transferga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia