"Manchester Yunayted" "Arsenal" futbolchisini Premer-liganing eng ko'p maosh oladigan futbolchisiga aylantirmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2018
"Manchester Yunayted" "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanchesni qo'lga kiritish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.

"Qizil iblislar" chililik futbolchini jamoaga olib kelish niyatida unga moliyaviy jihatdan juda foydali bo'lgan shartnoma taklif qilishga ham tayyor. Mankunianlar Aleksis Sanchesga haftalik maoshi 350 ming funt bo'lgan bitim taklif qilishmoqchi. Agar forvard ushbu kelishuvga rozi bo'lsa, u Angliya Premer-ligasining eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Arsen Venger: Sanches yangi shartnoma tuzmaydi. U klubni tark etadi

Agar ikki shart bajarilsa, "Arsenal" Aleksisni qo'yib yuboradi

Gvardiola Sanches haqidagi savolga o'ziga hos uslubda javob berdi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com