

“Sanches shartnomani uzaytirmaydiganga o'xshaydi. Ammo biz Uilsherni saqlab qolmoqchimiz. Agar shunday imkoniyat bo'lsa, Ozilni ham olib qolishga harakat qilamiz. Hozirda Mesut bilan faol muzokara ketmoqda, katta ehtimol bilan u klubda qoladi”, - deydi Venger.
Eslatib o'tamiz, Sanchesning shartnomasi joriy yilning yozida nihoyasiga etadi. Unga hozirda “Manchester Siti” va “MYU” da'vogarlik qilmoqda.




