"Mashal" "Cementchi" futbolchisi bilan 2 yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2018
Muborakning "Mashal" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Gazchilar" o'z tarkiblariga yana bir yangi futbolchini qo'shib olishdi. "Cementchi" klubi va O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi Sanjar Zokirov "Mashal" bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda "Mashal" klubi matbuot xizmati saytimizga xabar berdi.

1999 yilda tug'ilgan yarim himoyachi 2017 yil "Cementchi" safida birinchi ligada 2ta gol urishga erishgan. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia