Davron Hoshimov "Qo'qon-1912" mashg'ulotida ishtirok etmoqda FOTO

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2018
Superliga jamoalari 2018 yildagi dastlabki yig'inga kirishishmoqda.

Ayni paytda "Qo'qon-1912" jamoasi Chilonzordagi "Paxtakor"ga qarashli sun'iy qoplamali maydonda birinchi mashg'ulotni o'tkazmoqda. Qo'qonliklar mashg'ulotida "Paxtakor" sobiq futbolchisi Davron Hoshimov ham ishtirok etayapti.

Oldinroq, saytimiz orqali o'ng qanot himoyachisini "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi No'mon Hasanov o'z jamoasida ko'rmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia