18 yil "Roma" sharafini himoya qilgan De Rossi klubni tark etmoqda

Aslanov Jasurbek
14 may 2019, 12:31
"Roma" yarim himoyachisi Daniele De Rossi joriy mavsum oxirida "bo'rilar"ni tark etadi.

Bu haqida Rim klubi "tvitteri"da e'lon qilindi.

"Anderlext"ga qarshi "Roma" safida debyut qilgan Daniele de Rossi 18 yil o'tib klubni tark etishga qaror qildi. Klubimizning 35 yoshli sardori "Parma"ga qarshi bahsda jamoamiz safidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi" - deyiladi xabarda.

Daniele De Rossi "Roma" safida hozirgacha 614ta uchrashuvda ishtirok etishga ulgurgan. "Roma" - "Parma" uchrashuvi 26 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ASRomaEN