Alisher Nikimbaev uch yil oldingi sirni ochdi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2017, 17:54
O'zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev 2014 yilning 4 oktyabr sanasini yodga oldi.

"Uch yil oldin men o'sha paytdagi O'zbekiston terma jamoasi ustozi Mirjalol Qosimov va Bora Milutinovichni uchrashtirish uchun Abu-Dabidan Doxaga uchib borgandim.

Bora terma jamoada maslahatchi-murabbiy lavozimida ishlashga tayyor edi. Ammo kelishuv men, Qosimov va Boraga taaluqli bo'lmagan jihatlar tufayli amalga oshmay qolgandi.

Aytgancha Doxadan Abu-Dabiga qaytish uchun chiptani o'z hisobimdan olgandim. So'nggi yillarda bizning futbolda kim va qay tarzda ishlagani haqidagi kichkinagina fakt edi", - deb yozadi Alisher Nikimbaev feysbukdagi o'z sahifasida. 

Eslatib o'tamiz, 3 yil oldin saytimizda Milutinovich terma jamoada ish boshlashga yaqinligi haqida xabar chiqqan edi.

Eshitdik-da: Milutinovich va o'zbek Di Matteosi MTJda!

Qosimov Milutinovich bilan uchrashdi

Bora Milutinovich: “O'zbekistonga ishlash uchun kelganim yo'q”


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia