JCH-2018. Ispaniya termasi Italiyani yirik hisobda mag'lub etdi

3 sen 2017, 02:35
JCH-2018 saralash bosqichi doirasida o'z maydonida Italiya termasini qabul qilgan ispanilik futbolchilar dongdor raqib ustidan yirik g'alabani tantana qildi.

Birinchi bo'limda Isko ikki bor Buffonni ranjitgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Morata o'yinga yakuni nuqtani qo'ydi – 3:0.

Ushshbu guruhning yana bir uchrashuvida Makedoniya terma jamoasi Goran Pandevning yagona goli evaziga Isroil terma jamoasidan kichik hisobda ustun keldi.\

JCH-2018 - Yevropa.  G guruhi. 7- tur

Ispaniya  3 : 0 Italiya

1:0 – Isko – 13, 2:0 – Isko – 40, 3:0 – Morata – 77

Isroil 0 : 1 Makedoniya

0:1 – Pandev – 73

 G guruhidagi vaziyat :

1. Ispaniya – 19 ochko (7 o'yin);

2. Italiya – 16 (7);

3. Albaniya – 12 (7);

4. Isroil – 9 (7);

5. Makedoniya – 6 (7);

6. Lixtenshteyn – 0 (7).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia