17 dekabr kuni 2015 yilgi oliy ligaga qur'a tashlanadi
Narzulla Saydullayev
1 dek 2014, 15:15
O'zbekiston Professional futbol ligasi 17 dekabr, chorshanba kuni Oliy Liga klublari bilan yig'ilish o'tkazadi.
Unda 2014 yil yakunlari sarhisob qilinadi, 2015 yil rejalari muhokama etiladi, shuningdek, 2015 yilgi O'zbekiston chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.