"Al Ayn" bilan o'yinda "Bunyodkor"ni Karpenko boshqaradi

Narzulla Saydullayev
5 may 2017, 14:00
Toshkentning "Bunyodkor" klubi murabbiylar shtabida o'zgarishlar ro'y berdi.

OCHL 6-turidan o'rin olgan "Al Ayn" - "Bunyodkor" uchrashuviga Mirjalol Qosimov bora olmaydi. Sababi viza va hujjatlar tayyorlanishga vaqt yetmadi. Shu bois bu uchrashuvda "qaldirg'ochlar"ni Viktor Karpenko murabbiy sifatida maydonga olib tushadi.

Eslatib o'tamiz, "Al Ayn" - "Bunyodkor" uchrashuvi 8 may kuni Toshkent vaqti bilan 20:40da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia